Ijara shartnoma namunasi

Ijara shartnoma namunasi — 1 Ijara shartnoma namunasi — 2
Quyidagi rasmda ijara shartnomasining namunaviy ko‘rinishi aks ettirilgan. Shartnomada ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi haqidagi ma’lumotlar, ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ijara muddati, to‘lov miqdori hamda boshqa muhim shartlar ko‘rsatiladi. Ijaraga beruvchi haqida ma’lumotlar: Shartnomaning chap qismida ijaraga beruvchi, ya’ni uy-joy yoki ko‘chmas mulk egasining asosiy ma’lumotlari kiritiladi. Jumladan: - JSHSHIR; - ism va familiyasi; - yashash manzili; - telefon raqami; - ijara davrida qaysi kommunal to‘lovlarni ijaraga beruvchi tomonidan to‘lanishi. Ijaraga oluvchi haqida ma’lumotlar: Shartnomaning oʻng tomonida ijaraga oluvchining shaxsiy ma’lumotlari ham ko‘rsatiladi: - JSHSHIR; - ism va familiyasi; - yashash manzili; - telefon raqami; - qaysi kommunal to‘lovlarni ijaraga oluvchi tomonidan to‘lanishi. Agar ijaraga olingan uy-joyda ijaraga oluvchidan tashqari boshqa shaxslar ham birga yashasa, kelishilgan tartibda ushbu shaxslar haqidagi ma’lumotlar ham shartnomada aks ettirilishi mumkin. Ijaraga olinayotgan ko‘chmas mulk haqida ma’lumotlar Shartnomaning markaziy qismida ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulkning asosiy ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - kadastr raqami; - ko‘chmas mulkning turi — turar joy yoki noturar joy; - ko‘chmas mulkning manzili; - umumiy maydoni; - ijaraga berilayotgan maydoni; - ijara muddati; - ijara rasmiylashtirilishining sababi; - bir oylik ijara summasi; - shartnoma bo‘yicha umumiy ijara summasi; - tomonlar kelishuviga ko‘ra boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar. Qo‘shimcha shartlar yoki tomonlar o‘rtasida kelishilgan boshqa muhim ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ular ham tegishli tartibda shartnomaga kiritilishi mumkin. QR-kod va shartnoma holati Ijara shartnomasida QR-kod ham aks ettiriladi. QR-kod orqali shartnoma ma’lumotlarini tekshirish va uning amaldagi holati haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, shartnoma tomonlar tomonidan yuborilgani va tasdiqlangani haqidagi holatlar ham shartnomada aks etadi. Bu shartnomaning elektron tarzda rasmiylashtirilish jarayonini kuzatish va tegishli ma’lumotlarni tekshirish imkonini beradi. Ijara shartnomasi bo‘yicha yordam kerakmi? Ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, kerakli ma’lumotlar yoki shartnoma namunasi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz sizga kerakli ma’lumotlarni tushuntirib, ijara shartnomasini rasmiylashtirish jarayonida yordam beradi. Batafsil ma’lumot olish va murojaat qilish uchun Telegram orqali biz bilan bog‘laning.
Ulashish: Telegram

IJARA SHARTNOMASI UCHUN HOZIROQ MUROJAAT QILING!

Telegram orqali bizga yozing va shartnomangizni rasmiylashtiring.