Ijara shartnomasi tuzish

Ijara shartnomasi — ijaraga beruvchi, ya’ni uy-joy egasi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama rasmiy kelishuv hisoblanadi. Shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi va belgilangan shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Ijara shartnomasida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining zarur shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek, ijaraga berilayotgan uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Shartnomada, odatda, quyidagi muhim ma’lumotlar ko‘rsatiladi: - ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining pasport ma’lumotlari; - ijaraga berilayotgan manzil va ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar; - ijaraga berilayotgan joyning maydoni (kvadrat metri); - ijara boshlanishi va tugash muddati; - belgilangan oylik ijara to‘lovi; - Komunal toʻlovlar kim tomonidan amalga oshirilishi - ijara shartlari va boshqa kelishilgan bandlar. Shartnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng, ijaraga beruvchi tomonidan yuborildi va ijaraga oluvchi tomonidan tasdiqlanganlihi shartnoma ostida koʻrsatiladi. Elektron shakldagi shartnomada QR-kod ham mavjud bo‘lib, u orqali shartnoma ma’lumotlarini tekshirish hamda uning amaldagi holati haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Ijara shartnomasini rasmiylashtirishda yordam kerakmi? Ijara shartnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha yordam olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz sizga kerakli ma’lumotlarni tushuntirib, shartnomani rasmiylashtirish jarayonida yordam beradi. Ijara shartnomasi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish va xizmatdan foydalanish uchun Telegram orqali biz bilan bog‘laning.
Ulashish: Telegram

IJARA SHARTNOMASI UCHUN HOZIROQ MUROJAAT QILING!

Telegram orqali bizga yozing va shartnomangizni rasmiylashtiring.